Ushbu Saytdan foydalanuvchilarni tushunish uchun bizga qisman sizdan bevosita so'rab 'va qisman avtomatik ravishda yig'ilanadigan ma'lumotlar kerak. Har qanday holatda ham biz shaxsga doir ma'lumotlaringizga ishlov berishga roziligingizni so'raymiz. Biz quyida ushbu tizim qanday ishlashini tushuntirib beramiz.

So'rovnomada yig'ilgan ma'lumotlar siz o'zingiz bizga ixtiyoriy ravishda taqdim qilishni tanlagan ma'lumotdir va siz doimo buni taqdim qilmaslik imkoniyatiga egasiz. Ishlash uchun sizning roziligingiz olinadigan ushbu ma'lumot quyidagi bandlardan iborat bo'lishi mumkin (ushbu ro'yxat to'liq):

  • aloqa ma'lumotlari (to'liq ismi, elektron pochta manzili, pochta manzili)
  • Yashash joyi
  • Kasb va faoliyat turi

Ushbu ro'yxatni to'ldirishda Kompaniya yangi shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishga rozilik olishga majburdir. Agar ushbu ro'yxat qisqartirilsa, Kompaniya ishlov berib bo'lmaydigan shaxsga doir ma'lumotlarni yo'q qilishga majburdir.

Shaxsga doir ma'lumotlarga avtomatlashtirilgan tarzda ishlov berish uchun yozma ravishda, shu jumladan elektron hujjat shaklida rozilik olganidan so'ng, bizning serverlarimiz avtomatik ravishda quyidagilar to'g'risida ma'lumot yig'adi:

  • Internet-domeni (masalan, shaxsiy Internetga kirish qayd yozuvidan foydalanayotgan bo'lsangiz, "xyzcompany.com" yoki universitet domenidan ulansangiz, "xyzschool.ru") va saytimizga kirgan IP-manzil (Internet Protocol (IP) manzili raqami, siz tarmoqqa ulanganingizda avtomatik ravishda kompyuteringizga tayinlanadi). Bu sizga Internetga ulanish xizmatlarini ko'rsatish uchun kerak.
  • Saytimizga kirish uchun foydalaniladigan brauzer turi va operatsion dastur. Bu sizga to'g'ri formatdagi ma'lumotlarni taqdim etish uchun kerak.
  • Saytimizga tashrif buyurgan sana va vaqt.
  • Saytning qaysi bo'limlariga tashrif buyurilgan.
  • Novo Nordisk saytiga ulangan sayt manzili.

"Foydalanuvchini identifikatsiyalash uchun ma'lumot" - bu ma'lum bir shaxs bilan bog'liq ma'lumotlar, masalan: ism, pochta va elektron pochta manzili, telefon raqami va boshqa ma'lumotlar. Tarmoqdagi foydalanuvchilar bilan bog'liq harakatlar haqida ma'lumot siz o'zingizning roziligingizni berganingizda va saytning ma'lum bir funktsiyasiga kirish uchun ma'lumot berishga qaror qilganingizda va ma'lumotlar Novo Nordisk kompaniyasi tomonidan tuzilgan ma'lumotlar, shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish maqsadlariga mos keladigan bo'lsa saqlanadi.

Siz haqingizda, qiziqishlaringiz va Saytni va xizmatlarimizni qanday rivojlantirishimiz mumkinligi haqida ma'lumot olish uchun biz ma'lumotlarning matematik tahlilini o'tkazamiz. Biz tomondan yig'ilgan har qanday ma'lumot Novo Nordisk, uning filiallari va vakolatxonalari tomonidan faqat ichki maqsadlarda, mahsulotlarni takomillashtirish yoki yangilash, saytlarning tarkibini yaxshilash, bizning saytlarimizga tashrif buyurgan foydalanuvchilarning tajribasi va mahoratini oshirish, sahifalarimiz tarkibini va / yoki tuzilishini sozlash uchun hamda alohida foydalanuvchilar talab qiladigan xizmatlarni taqdim etish uchun foydalaniladi. Biz "foydalanuvchini identifikatsiya qilish to'g'risidagi ma'lumotlar"dan Maxfiylik siyosatida ko'rsatilmagan boshqa maqsadlarda ishlatmaymiz.

Sizning afzalliklaringizni saqlash uchun Saytimizdan foydalanish to'g'risida ma'lumot yig'ish uchun oldindan rozilik olingan holda "cookies" deb nomlangan standart texnologiyadan foydalanishimiz mumkin. Biz sizning shaxsiy ma'lumotlaringizga cookie-fayllar orqali kira olmaymiz. Cookie-fayllar foydalanuvchiga Internet-brauzerini tanib olishga yordam berish va shu bilan birga saytni ko'rib chiqishda foydalanuvchi xohlagan narsalarini saqlash va eslab qolish uchun mo'ljallangan. Cookies-lar sizning qurilmalaringizdan ma'lumot ololmaydi, shu jumladan kompyuter virusini o'kazib ololmaydi.

Cookies foydalanuvchining kalitini xavfsiz saqlashi, uy sahifalarini shaxsiylashtirishi, saytning qaysi bo'limlariga tashrif buyurganligini aniqlashi yoki namunalarini kuzatishi mumkin. Saytimizdagi cookie-fayllar sizning domen nomingizni olishi va tanlagan narsalaringizni bizning sahifalarimiz orqali kuzatishi mumkin. Biz cookie-fayllardan faqat ushbu Maxfiylik siyosatida ko'rsatilgan ma'lumotlarni yig'ish va shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish to'g'risidagi Nizomga muvofiq foydalanamiz.

Agar qonunchilikda nazarda tutilgan bo'lmasa, biz foydalanuvchining identifikatsiya qilish to'g'risidagi ma'lumotini sizning roziligingizni olmagan holda uchinchi tomonga bermaymiz. Ushbu ma'lumotni Novo Nordisk kompaniyasining o'zi saqlaydi. Agar ehtiyoj paydo bo'lsa, biz uchinchi tomonlar bilan faqat statistik tahlilimiz yoki foydalanuvchilarning demografik ma'lumotlariniumumiy shaklida almashishimiz mumkin, masalan, "saytga tashrif buyuruvchilarning x% erkaklar".

Ma'lumotlarni almashish masalasi ko'rib chiqilishi mumkin bo'lgan boshqa tashkilot bilan ishlashda biz sizning shaxsga doir ma'lumotlaringizni boshqa tashkilotlarga berish uchun sizning roziligingizni olamiz (va qonunda shunday qilish talab etiladi). Agar biz sizning roziligingizni olsak, sheriklarimiz ham maxfiylik talablariga rioya qilishlariga kafolat beramiz.

Novo Nordisk bizning Saytda yig'ilgan ma'lumotlarni to'liq yoki qisman sotmaydi.

Novo Nordisk foydalanuvchilarning shaxsga doir ma'lumotlariga ruxsatsiz kirish yoki noto'g'ri foydalanishdan himoya qilishni o'z ustuvor yo'nalishlaridan biri deb biladi va shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish to'g'risidagi Nizomga muvofiq ma'lumotlar maxfiyligini saqlash uchun barcha choralarni ko'radi.

Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishga rozilikni qaytarib olishingiz mumkin. Rozilikni qaytarib olish ushbu rozilik berilgan shaklda yoki yozma ravishda, shu jumladan elektron hujjat shaklida amalga oshiriladi.

Siz xohlagan vaqtda Novo Nordisk va bizning mahsulotlarimiz, shuningdek sheriklarimiz takliflari haqida ma'lumot olishni rad etishingiz mumkin.

Novo Nordisk ushbu Maxfiylik siyosati shartlarini istalgan vaqtda bir tomonlama o'zgartirish huquqiga ega. Bunday o'zgarishlar Siyosatning yangi taxriri Saytga joylashtirilgan paytdan boshlab darhol kuchga kiradi.

Ushbu Maxfiylik siyosati faqat u e'lon qilingan saytga tegishli. Foydalanuvchilarimizga qulay bo'lishi uchun Saytimiz boshqa bir qator tashqi Internet-resurslarga havolalarni o'z ichiga olishi mumkin. Ushbu siyosat ana shunday Internet-resurslarga taalluqli emas.