Ekologik muammolar hech qachon bugungi kundagidanda jiddiyroq yoki
dolzarbroq bo‘lmagan.
Tobora ortib borayotgan iste’mol, sanoatlashtirish va urbanizatsiya faqatgina biz yashaydigan atrof-muhit barqarorligigagina emas, balki butun dunyo bo‘ylab odamlarning salomatligiga ham tahdid solmoqda.
Har yili biz dori vositalarini ishlab chiqarish uchun milliardlab litr suv va ko‘p miqdordagi energiya va resurslardan foydalanamiz. Bizning CO2 chiqarishimiz, ayniqsa transportda oshib borishda davom etmoqda.
Biz millionlab flakon va inyeksiya ruchkalarini ularga muhtoj bo‘lgan odamlarga yetkazib beramiz - va hayotni saqlab qoluvchi davolash usullarimizga bo‘lgan talab oshib bormoqda. Mahsulotlarimiz yuqori sifatli materiallardan tayyorlanadi, biroq foydalanib bo‘linganidan keyin ularning ko‘pchiligi axlatxonalarga tashlanadi.
Bu bizni eng jiddiy ekologik muammolar: iqlim o‘zgarishi, suv va resurslarning yetishmasligi, ifloslanish va plastik chiqindilardan ayrimlarini old sahnaga olib chiqadi.
Oldinga yurish va o‘zgarishlarning avangardida bo‘lish uchun biz ekologik muammolarni hal qilishga nisbatan butun kompaniya ko‘lamida dadil va keng yondashuvni qo‘lladik.
Atrof-muhitga bo‘lgan ta’sirni nolga tushirishga intilgan holda biz yangi ekologik strategiyani qabul qildik.
Strategiyamiz oldimizga qayta ishlanishi yoki qaytadan foydalanilishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqishning yangi usullarini topish, iste’mol va chiqindilarni kamaytirish uchun biznesimizni o‘zgartirish va maqsadimizga qo‘shiluvchi ta’minotchilar bilan ishlash vazifasini qo‘yadi.
Biz allaqachon atrof-muhitga nol ta’sirga erishishga tomon dastlabki qadamlarni qo‘ymoqdamiz. Biroq biz doimo ko‘proq narsalarni amalga oshirish uchun yangi usullarni qidirmoqdamiz. Biz biznesimizni mahsulotlarimiz va materiallarimizni foydalanishda bo‘lishini saqlab qoluvchi doiraviy fikrlashga moslashtirib borganimiz sari javoblar kelishiga ishonamiz.
Shaharlar endi iqlim o‘zgarishi va 2-turdagi diabetga qarshi kurashda g‘alaba qozonish imkoniyatiga egadirlar. Har ikkalasi ham global isish va kasallikning o‘sishi muammosini chuqurlashtiruvchi odam ahloqining o‘xshash modellariga egadirlar.
Bugungi kunda biz ta’lim va joylardagi tadbirlar yordamida kasallikning oldini olishni ilgari surish uchun butun dunyo bo‘ylab 25 ta yirik shaharlardagi hamkorlar bilan birga ishlayapmiz.
Bu hamkorliklar bizning Diabetni o‘zgartirayotgan shaharlar dasturimizning bir qismidir. 2015 yildan boshlab Diabetni o‘zgartirayotgan shaharlar tobora kuchayib borayotgan 2-turdagi diabet muammolarini hal qilish va yanada sog‘lom atrof-muhitni yaratish uchun ko‘pgina manfaatdor tomonlarni jalb qiluvchi mustaqil ijtimoiy harakatga aylandi.
Shaharlarda salomatlik va farovonlikni qanday yaxshilayotganimiz haqida ko‘proq bilib oling3].