Kashf qilish, ishlab chiqish va yetkazib berish
Novo Nordisk deyarli 100 yil davomida og’ir surunkali kasallikka chalingan bemorlarning hayot sifatini yaxshilab kelmoqda, insulin ruchkalari va shunga o’xshash innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish bilan ularning muammolariga yechim topmoqda.
Davolash usullarimiz bugungi kunda diabet, semizlik va kam uchraydigan qon va ekdokrin tizimi kasalliklari bilan yashayotgan millionlab kishilarga naf keltirmoqda.
Laboratoriyalarimizdan tortib zavodlardagi sexlargacha biz innovatsion biologik dorilarni yaratamiz va ishlab chiqamiz va ularni butun dunyodagi bemorlar uchun hamyonbop qilamiz.
Diqqatimiz yuz millionlab odamlarga ta’sir qiluvchi va eng qiyin global sog‘liqni saqlash muammolari orasida bo‘lgan jiddiy surunkali kasalliklarga qaratilgan.
Innovatsiyalarimiz va tijoriy ustunligimizni birlashtirgan holda biz dadil g‘oyalarni hayotiy muhim va profilaktik dorilarga aylantirish uchun bemorlar va hamkorlarning fikrlariga tayanamiz.
Biz tibbiy qurilmalarni ishlab chiqish va raqamli sog‘liqni
saqlash yechimlarini uzluksiz ilgari surish uchun eng yangi davolash
usullari va texnologiyalari, jumladan qon hujayralari asosidagi
davolash usullariga uzoq muddatli sarmoyalar kiritamiz.
Biror bir surunkali kasallik bilan og‘rigan bemor noto‘g‘ri davolanganida yoki umuman davolanmasdan tashlab qo‘yilganida u hayotga tahdid soluvchi murakkablashuvlarning yuzaga kelish xavfi ostida bo‘ladi. Diabet holatida bu amputatsiyalar va ko‘rish qobiliyatining yo‘qotilishiga olib kelishi va ayrim hollarda murakkablashuvlar o‘lim bilan tugashi mumkin.
Aholining zaif qatlamlari va past daromadli mamlakatlar ko‘pincha bundan eng ko‘p zarar ko‘radilar. Tibbiy davolashning narxi va hamyonbopligi alohida kishilar, ularning oilalari va hattoki butun jamiyat uchun og‘ir yuk bo‘lishi mumkin.
Bizning uzoq muddatli maqsadimiz - har bir mamlakatdagi aholining zaif qatlamiga, ayniqsa dunyoning ayrim qismlarida tibbiy yordam va dori vositalarisiz yaqqol o‘lim xavf solib turuvchi 1-turdagi diabet bilan og‘rigan bolalarga diabetda arzon davolanishdan foydalanish imkoniyatini taqdim etish.
Biz surunkali kasallikning oldini olishga ham sarmoya kiritamiz. Bizning maqsadimiz 2045-yilgacha 100 milliondan ortiq odamning 2-toifa diabetga chalinishining oldini olish.